Barcha yangiliklar
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida
Gallery image 137906
Gallery image 137907
Gallery image 137908
Gallery image 137909
Gallery image 137910
Gallery image 137911
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
05 May 2026
15:40

Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida tumanning “Iskandar” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida fuqaroning yashash sharoiti, uy-joy holati hamda ijtimoiy ko‘makka bo‘lgan ehtiyojlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Suhbat jarayonida mavjud muammolar, jumladan, uyning ta’mirtalab holda ekanligi, turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🔷Shuningdek, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatish, uni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat nazoratida davom ettiriladi.