Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 137872
Gallery image 137873
Gallery image 137874
Gallery image 137875
Gallery image 137876
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
05 May 2026
15:20

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining tegishli qaroriga muvofiq, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq va manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur qaror asosida tumanda ijtimoiy reyestrga kiritilgan, ayniqsa I-guruh nogironligi mavjud hamda mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shunga ko‘ra bugun, xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Xaitboyev, tuman Kengashi raisi O.Isanov, deputatlar A.Amanlikov hamda A.Ibadullayevlar tomonidan “Ijodkor” mahallasida fuqaro xonadoniga tashrif buyurib, amalga oshirilgan ishlar joyida o‘rganildi. O‘rganish jarayonida oilalarning yashash sharoiti, mavjud muammolar va ehtiyojlari atroflicha tahlil qilindi.