Barcha yangiliklar
Deputat mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimini o‘rgandi
Gallery image 137843
Gallery image 137844
Gallery image 137845
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
05 May 2026
15:08

Deputat mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimini o‘rgandi

Deputat mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimini o‘rgandi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Gʻoziyevaning navbatdagi o‘rganish manzili "Tavois" mahallasi bo‘ldi.

Ma’lumki, bugun mahallalarda yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va bandligini ta’minlashda yoshlar yetakchilarining o‘rni beqiyos. Tuman Kengashining 14-Tavois saylov okrugidan saylangan deputat F.Gʻoziyeva mazkur mahallada yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini yaqindan o‘rgandi.

O‘rganish davomida "Yoshlar daftari" va "Yoshlar balansi" asosida olib borilayotgan ishlar, uyushmagan yoshlar bilan individual ishlash tizimi hamda mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.