Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari
Gallery image 137727
Gallery image 137728
Gallery image 137729
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
26 Apr 2026
12:57

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari

“Ravot” mahallasidagi 4-sonli umumta’lim maktabida Sardoba tumani hokimi deputat Ziyadulla Karimov tomonidan “Ravot” hamda “Bo‘ston” mahallalari aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, taklif va murojaatlar bevosita tinglandi. Xususan, kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash, bandlik, ijtimoiy yordam hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilot va idora rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.

Sayyor qabul ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tkazilib, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ularning dardini eshitish va amaliy yordam ko‘rsatish ustuvor vazifa ekani yana bir bor ta’kidlandi.