Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 137716
Gallery image 137717
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
24 Apr 2026
12:42

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashiga 10-Xalqobod saylov okrugidan saylangan deputat Bo'tayev Bunyod Tolibjon o'g'li tomonidan Xalqobod MFY Mirishkor va Namuna ko‘chasida so‘nggi vaqtlarda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bilan bog‘liq jiddiy muammolar kuzatilgan holati joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilib, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bilan bog‘liqligi bo‘yicha zarur choralar ko‘rish so‘raldi.