Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 137700
Gallery image 137701
Gallery image 137702
Gallery image 137703
Gallery image 137704
Gallery image 137705
Gallery image 137706
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
24 Apr 2026
12:37

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Bugun Sardoba tumani hokimi deputat Ziyadulla Karimov "Xalqobod" mahallasi aholisi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida mahalladagi dolzarb masalalar, xususan tozalik, obodonlashtirish va tomorqalardan unumli foydalanish haqida suhbat bo‘ldi. Aholi o‘zini qiynayotgan muammolar va takliflarini bildirdi, ularni hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng hokim deputat mahalla hududini aylanib chiqib, mavjud holat bilan yaqindan tanishdi. Ayrim kamchiliklarga e’tibor qaratilib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilandi.

Tashrif yakunida mahalla pillakor ayollari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ularning mehnati e’tirof etilib, bandlikni oshirish va daromadlarini ko‘paytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.