Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 137690
Gallery image 137691
Gallery image 137692
Gallery image 137693
Gallery image 137694
Gallery image 137695
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
24 Apr 2026
12:33

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining 2026-yil 21-aprel kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi 28-sessiyasida deputatlari A.Egamberdiyev S.Abduvaliyeva hamda N. Hamidovalar tomonidan maktablar atrofida va aholi gavjum hududlarda piyodalar o‘tish joylarini ta’mirlash yuzasidan ilgari surilgan takliflar ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Sessiyada berilgan mazkur takliflar asosida hududlardagi mavjud piyodalar o‘tish yo‘laklarini ta’mirlash, ularni belgilangan me’yorlar asosida qayta jihozlash hamda xavfsizlik talablariga muvofiqlashtirish ishlari bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda. Shuningdek, maktablar oldida va aholi serqatnov nuqtalarda piyodalar xavfsizligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha belgilar o‘rnatish, yo‘l chiziqlarini yangilash ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar ijrosi tegishli tashkilotlar tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan muddatlarda to‘liq yakunlanishi ta’minlanadi.