Barcha yangiliklar
Deputat nazorati
Gallery image 137647
Gallery image 137648
Gallery image 137649
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
05 May 2026
11:44

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 25-okrug deputati A.Kasimov hamda kotibiyat mudiri O.Toirov tomonidan “Navbahor” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi hamda hokim yordamchisi tomonidan hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar bilan ishlash tizimi, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi hamda hududni obodonlashtirish, bandlikni ta’minlash borasidagi faoliyatga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.