Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 137623
Gallery image 137624
Gallery image 137625
Gallery image 137626
Gallery image 137627
Gallery image 137628
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
18 Apr 2026
11:32

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Bugun Sardoba tumani Sport maktabida mahallalarda istiqomat qiluvchi jismoniy imkoniyati cheklangan hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” ommaviy sport musobaqasining tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Tantanali ochilish marosimida Sardoba tumani hokimi, deputat Ziyadulla Karimov, O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Xolov Zoirxon hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladilar.

Musobaqada jami 290 nafardan ortiq ishtirokchi 9 ta parasport turi bo‘yicha g‘oliblik uchun murosasiz bellashdi. Har bir ishtirokchi o‘zining kuch-g‘ayrati, matonati va yuksak irodasini namoyon etib, tomoshabinlarga chinakam sport bayramini tuhfa etdi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, har bir yo‘nalishda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.