Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 137595
Gallery image 137596
Gallery image 137597
Gallery image 137598
Gallery image 137599
Gallery image 137600
Gallery image 137601
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
16 Apr 2026
11:15

DEPUTAT NAZORATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi “Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-93-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev, va deputatlar B. Suyunov hamda G‘. Sayitboyevlar tomonidan “Otayurt” mahallasida olib borilgan o‘rganish jarayonida 13-son maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish ishlari to‘htab qolganligi aniqlandi.

Mazkur holat, eng avvalo, hududdagi bolalar uchun yaratilishi lozim bo‘lgan zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarining kechikishiga olib kelmoqda. Qurilish ishlarining uzluksiz davom ettirilmasligi nafaqat belgilangan rejalar ijrosiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki ajratilgan mablag‘lar samaradorligining pasayishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bois, mas’ul tashkilotlar tomonidan mavjud muammolarni zudlik bilan bartaraf etish, qurilish ishlarini jadallashtirish hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirishni ta’minlash yuzasidan aniq choralar ko‘rilishi zarur. Aks holda, bu kabi sustkashliklar aholi ishonchiga putur yetkazishi va hududni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.