Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 137433
Gallery image 137434
Gallery image 137435
Gallery image 137436
Gallery image 137437
Gallery image 137438
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
05 May 2026
10:01

DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 19-“Xidirosh” saylov okrugidan saylangan deputat Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich tashabbusi bilan “Xidirsho” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi. 

O‘rganishlar davomida, “Fuqarolar tashabbusi” loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan mazkur mahalladagi bir qator ichki ko‘chalarda asfaltlash ishlari to‘liq yakunlangani aniqlandi. Amalga oshirilgan mazkur ishlar natijasida hudud infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilanib, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlari yaratildi. 

Shu bilan birga, yo‘llardan foydalanish qulayligi va xavfsizligini yanada oshirish maqsadida, tegishli tashkilotlar hamda mahalla aholisining homiylik mablag‘lari hisobidan asfalt qilingan ko‘chalarning ikki tomonini kengaytirish va piyodalar yo‘lakchasini betonlash ishlari tashkil etildi. 

Mazkur ishlar hududni yanada obod qilish, aholi turmush sifatini oshirish hamda infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qilmoqda.