Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
Gallery image 137405
Gallery image 137406
Gallery image 137407
Gallery image 137408
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
05 May 2026
09:51

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov tomonidan mahalla binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining borishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Shu munosabat bilan Kengash raisi O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda boshlangan qurilish ishlari va amalga oshirilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mutasaddi tashkilotlar va mahalla mas’ullari ishtirokida mahalla binosining hozirgi holati muhokama qilinib, fuqarolarga munosib sharoit yaratish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda mahalla tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘inining eski binosi bugungi kun talablariga javob bermay qolgani sababli buzib tashlangan. Uning o‘rnida zamonaviy talablar asosida yangi mahalla binosini barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda qurilish ishlarini boshlash uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Tashrif yakunida mahalla faollari va aholi vakillari tomonidan hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yuksak baholanib, yangi mahalla
binosi aholiga yanada qulay xizmat ko‘rsatishi
ta’kidlandi.