Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI VA DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADA TIBBIY XIZMATLAR HAMDA IJTIMOIY LOYIHALAR IJROSI O‘RGANILDI.
Gallery image 137306
Gallery image 137307
Gallery image 137308
KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
04 May 2026
19:52

XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI VA DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADA TIBBIY XIZMATLAR HAMDA IJTIMOIY LOYIHALAR IJROSI O‘RGANILDI.

 Dastlab 6-son oilaviy poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, tez tibbiy yordam mashinasining chaqiriqlarga yetib kelish tezligi hamda patronaj xizmati faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, patronaj hamshirasi tomonidan aholi salomatligini nazorat qilish, xonadonbay ishlash va profilaktik tadbirlarni tashkil etish ishlari ko‘zdan kechirildi.

 Shu bilan birga, mahallada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va mikroloyihalar ijrosi ham tahlil qilinib, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.