Barcha yangiliklar
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 137198
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
04 May 2026
17:47

Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining bosh mutaxassisi U.Abdunazarov va 15-“Shirin” saylov okrugi deputati Ekologiya partiyasi a’zosi M.Xoliqova bilan birgalikda “Shirin” mahallasidagi Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi. O‘rganishda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi kabi masalalar ko‘rib chiqildi. “Shirin” mahallasidagi jami 2256 nafar aholidan 510 nafari 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil etadi. Shundan 3 nafar yoshlar “qizil” toifaga, 116 nafari “sariq” toifaga va 391 nafari “yashil” toifaga mansub bo‘lgan yoshlardir. Yoshlar yetakchisi tomonidan ish rejasi, yo‘l xaritalari, yoshlar bilan ishlash jarayonidagi hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan, shuningdek, umumta’lim maktablari bilan yaqindan hamkorlik qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.