Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 137081
Gallery image 137083
Gallery image 137085
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
04 May 2026
17:23

Deputat faoliyatidan

Narpay tajribasi asosida o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati mudiri R. Magripova tomonidan fuqarolar muammolarini joyiga chiqib o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Ayni kunlarda deputatlar hududlarga chiqib, aholi bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Uchrashuvlar davomida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda kundalik hayotiga oid muammolari atroflicha o‘rganilib, har bir murojaat individual yondashuv asosida ko‘rib chiqilmoqda.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinmoqda.

Mazkur yondashuv aholi muammolarini tizimli hal etish, joylarda ijobiy o‘zgarishlarga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.