Barcha yangiliklar
Deputat faoliyati
Gallery image 137016
Gallery image 137017
Gallery image 137018
Gallery image 137019
Gallery image 137020
Gallery image 137021
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
04 May 2026
17:05

Deputat faoliyati

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashiga 14-Xalqabod saylov okrugidan saylangan deputat Ollomurodov Otabek va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqov birgalikda tumandagi “Yangi hayot” mahallasi hududida joylashgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida ijtimoiy himoyani mahalla darajasida samarali tashkil etish hamda xizmatlarni kompleks yondashuv asosida ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif doirasida aholining og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish hamda ko‘makka muhtoj qatlamning ijtimoiylashuvini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, deputat markaz xodimlari bilan ish faoliyatlari yuzasidan suhbatlar o‘tkazdi. Muloqot markazida ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘makning samaradorligini kafolatlash masalalari o‘rin oldi.

Deputat va markaz mutasaddilari hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni belgilab, tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan kelishib oldilar.

Mazkur tizimli o‘rganishlar hududda ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash va har bir muhtoj fuqaroga individual yondashuvni qaror toptirishga xizmat qiladi.