Barcha yangiliklar
Tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash jarayonlari deputat tomonidan o‘rganildi
Gallery image 136998
Gallery image 136999
Gallery image 137000
Gallery image 137001
Gallery image 137002
Gallery image 137003
Gallery image 137004
Gallery image 137005
Gallery image 137006
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
04 May 2026
17:02

Tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash jarayonlari deputat tomonidan o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026 — 2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarori asosida Muzrabot tumani “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Muzrabot tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdulla Mamatqulov mazkur obyektda bo‘lib, qurilish ishlarining borishi, sifati hamda belgilangan talablar asosida olib borilayotgan jarayonlarni joyida o‘rgandi. Loyihani amalga oshirish uchun jami 3 mlrd 743 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.

O‘rganish davomida tuman hokimi, deputati qurilish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, shuningdek barcha qurilish me’yor va talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan pudratchi tashkilot rahbari va mas’ullarga zarur topshiriq hamda ko‘rsatmalar berdi.

Qayd etilganidek, mazkur ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilingach, bolalar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratiladi hamda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada sifatli tashkil etish imkoniyati kengayadi.