Barcha yangiliklar
“Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida drayver loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatildi.
Gallery image 136940
Gallery image 136941
Gallery image 136942
Gallery image 136943
Gallery image 136944
Gallery image 136945
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
04 May 2026
16:38

“Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida drayver loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati 

#Sessiya_qarori_ijrosi 

#Deputatlar_faoliyati 

“Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida drayver loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A. Maxammatov hamda komissiya a’zosi B. Kulbuldiyevlar tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2025-yil 28-fevraldagi VII-5-13-7-100-K/25-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida “Navbaxor” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Bulung‘ur arig‘i” kanalining 1 km qismida suv o‘zanining o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan 1,2 gektar yer maydonidagi orolchadan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur hududni zarur infratuzilma bilan ta’minlash orqali sohil bo‘yi dam olish maskanlari, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu loyiha doirasida jami 2,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, amalga oshirilishi natijasida hududning investitsion jozibadorligi oshishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratilishi kutilmoqda.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)