Barcha yangiliklar
Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
Gallery image 136840
Gallery image 136841
Gallery image 136842
Gallery image 136843
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
04 May 2026
15:07

Aholi bilan muloqot: qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi

🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Isayeva tomonidan tumandagi Arabota mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan xonadonlarda uchrashuvlar tashkil etildi.

🔹Mazkur uchrashuvlar davomida aholiga O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-aprelda qabul qilingan “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-681-sonli Qonunining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Xususan, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, oilaviy daromadlarni oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni rag‘batlantirishga qaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.

🔹Shuningdek, fuqarolarni qiynayotgan masalalar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday muloqotlar aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qonun hujjatlarining joylarda samarali ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda