Barcha yangiliklar
Markaziy dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi
Gallery image 136820
Gallery image 136821
Gallery image 136822
Gallery image 136823
Gallery image 136824
Gallery image 136825
Gallery image 136826
Gallery image 136827
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
01 May 2026
15:03

Markaziy dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov, kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, bozorlarda narx-navo barqarorligini o‘rganish maqsadida tumandagi markaziy dehqon bozorida monitoring o‘tkazildi.

🔷O‘rganish davomida go‘sht, sut va sut mahsulotlari, sabzavot va mevalar, un va yog‘ mahsulotlari kabi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari tahlil qilindi. Shuningdek, mahsulotlarning sifati, savdo jarayonlarining shaffofligi hamda sanitariya holatiga ham аlohida e’tibor qaratildi.

🔷Deputatlar tomonidan bozor ma’muriyatiga ayrim mahsulotlar narxlarining asossiz oshirilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlar tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🔷Mazkur o‘rganish aholi manfaatlarini himoya qilish, ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.