Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 136652
Gallery image 136653
Gallery image 136654
Gallery image 136655
Gallery image 136656
Gallery image 136657
Gallery image 136658
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
04 May 2026
12:02

DEPUTAT NAZORATI

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga amaliy yechim topish maqsadida deputatlar tomonidan joylarda tizimli o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 

Joriy yilning kecha kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N. Lutfullayeva, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi A. Turdiyev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Xujanov, tuman Kengashi deputati J. Jabbarov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Esanov va I. Roziqov ishtirokida Katta Vaxshivor mahallasida mahallasida fuqarorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuv davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularning har biri yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi. Ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, ayrim murojaatlar bo‘yicha esa aniq muddatlar va mas’ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. 

Mazkur tadbir deputatlik nazorati doirasida tashkil etildi hamda fuqarolarning muammolarini tizimli hal etishga xizmat qiladi. 

Mazkur tadbir deputatlik nazorati doirasida amalga oshirildi. 

✍️ Oltinsoy tumani Kengash kotibiyati axborot xizmati