Barcha yangiliklar
“Biz birgalikda yagona xalqmiz - Birlashsak Vatanmiz!!!”
Gallery image 14703
Gallery image 14704
Gallery image 14705
Gallery image 14706
Gallery image 14707
RAXMATOVA FIRUZA NOZIMOVNA
05 Avg 2024
19:00

“Biz birgalikda yagona xalqmiz - Birlashsak Vatanmiz!!!”

Yoshlarning iste'dodini namoyish etish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini ro'yobga chiqarish hamda madaniy hordiq olish, bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Biz birgalikda yagona xalqmiz - Birlashsak Vatanmiz!!!” shiori ostida Kogon tuman 9-sho‘robod saylov okrugi deputati Djabarova Zamira Shukurovna tomonidan "Мahalla yettiligi" bilan hamkorlikda "MUZQAYMOQ PARTY" shousi tashkillashtirildi. Tadbirda "Мahalla yettiligi" hamda 9-sho‘robod saylov okrugi deputati Djabarova Zamira Shukurovna tomonidan bolalar uchun turli xil o'yinlar shousi, yoshlar o'rtasida stol tennisi, shashka va shaxmat sport musobaqalari o'tkazildi. Tashkil etilgan musobaqada faol ishtirok etib g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar. Tadbir so'ngida fuqarolar va yoshlar uchun kino qo'yildi, bayramga yig'ilgan bolajonlar uchun muzqaymoq ulashildi.