Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 20-Chandir saylov okrugi deputati B.Kulbuldiyev tomonidan tashabbusli budjet jarayoni doirasida amalga oshirilgan ishlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Gallery image 136439
Gallery image 136440
Gallery image 136441
Gallery image 136442
Gallery image 136443
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
02 May 2026
00:00

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 20-Chandir saylov okrugi deputati B.Kulbuldiyev tomonidan tashabbusli budjet jarayoni doirasida amalga oshirilgan ishlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati 

#Sessiya_qarori_ijrosi 

#Deputatlar_faoliyati 

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 20-Chandir saylov okrugi deputati B.Kulbuldiyev tomonidan tashabbusli budjet jarayoni doirasida amalga oshirilgan ishlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Xususan, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2025-yil 17-sentabrdagi VII-13-107-7-100-K/25-sonli qaroriga muvofiq, “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida Navbaxor MFY hududida joylashgan ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi bilan qoplash loyihasi amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ishlar uchun jami 1 499 917 500 so‘m mablag‘ ajratilgan.

O‘rganish jarayonida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari sifati, yo‘l qoplamasining holati hamda belgilangan texnik talablar asosida bajarilganligi ko‘zdan kechirildi. 

Shuningdek, “Tashabbusli budjet” jarayonining amaliy natijasi sifatida mahalla infratuzilmasi yaxshilangani, aholining turmush darajasini oshirish va yo‘l-transport harakatini tartibga solishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)