Barcha yangiliklar
Yangihayot MFYda sug‘orish tizimini yaxshilash ishlari o‘rganildi
Gallery image 136420
Gallery image 136421
Gallery image 136422
Gallery image 136423
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
01 May 2026
10:24

Yangihayot MFYda sug‘orish tizimini yaxshilash ishlari o‘rganildi

Yangihayot MFYda sug‘orish tizimini yaxshilash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Shafoatova Yangihayot MFY raisi va mahalla faollari bilan birgalikda hududda olib borilayotgan sug‘orish tizimini yaxshilashga qaratilgan ariq qazish va ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, suv ta’minotini yaxshilash va ekin yerlarini barqaror sug‘orish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari atroflicha o‘rganildi. Mas’ullar bilan ish jarayonidagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.

Shuningdek, deputat fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi. Aholi tomonidan bildirilgan muammolarni joyida hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.