Barcha yangiliklar
Yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar — deputatlar e’tiborida
Gallery image 136406
Gallery image 136407
Gallery image 136408
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
27 Apr 2026
10:20

Yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar — deputatlar e’tiborida

Yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar — deputatlar e’tiborida

️ Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi va a’zolari hamda tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari D.Sattorov hududlarda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.

️ Mas'ullar hamkorlikda “Kelajak sari” mahallasida joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabida borib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni va mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

️ Shuningdek, maktab o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

️ Bundan tashqari, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilayotgan sport to‘garaklari faoliyati bilan tanishildi.

️ Sport mashg‘ulotlari yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.