Barcha yangiliklar
#_Deputat_faoliyati Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 136349
Gallery image 136350
Gallery image 136351
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
24 Apr 2026
09:58

#_Deputat_faoliyati Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

#_Deputat_faoliyati

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

  Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputat N.Chorshanbieva hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi N.Xamdamovalar tomonidan O‘zbekiston Respuplikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-sonli qarorining ijrosi yuzasidan “Sarijar” mahallasi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

️O‘rganish davomida asosiy e’tibor hokim yordamchisi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlardan doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda bandligini ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi. Bu borada bajarilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

 Shuningdek, mahalla hududida ajratilgan kreditlarni maqsadli taqsimlanganligini bilish uchun aholi xonadonlariga borilib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi.