Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 136250
Gallery image 136251
Gallery image 136252
Gallery image 136253
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
02 May 2026
16:30

Deputat faoliyatidan

Narpay tajribasi asosida o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati mudiri R. Magripova, 8-Amirobod saylov okrugidan saylangan deputat L. Mamatova, 13-“Mirzo Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputat Kenjayev Farxod Bobomurodovichlar tomonidan fuqarolar muammolarini joyiga chiqib o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Ayni kunlarda deputatlar hududlarga chiqib, aholi bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Ushbu uchrashuvlar davomida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy va kundalik hayotiga oid muammolari o‘rganilib, har bir murojaat individual yondashuv asosida ko‘rib chiqilmoqda.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilmoqda hamda ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinmoqda.