Barcha yangiliklar
Deputat so‘rovi
Gallery image 136217
Gallery image 136218
Gallery image 136219
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
02 May 2026
14:55

Deputat so‘rovi

             Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati tomonidan aholi murojaatlari asosida yana bir muhim masala ko‘tarildi. Jalaquduq tumani Sharixonchek MFY “Yangi obod” ko‘chasi 1-tor ko‘chasida jami 49 ta xonadonda aholi istiqomat qiladi. Ushbu ichki ko‘chaning taxminan 500 metr qismida hozirgi kunda yo‘l holati talab darajasida emas. Ayniqsa, yomg‘irli ob-havo sharoitida yo‘lning loyqalanishi natijasida piyodalar va transport harakati qiyinlashmoqda. Bu esa aholining kundalik turmushiga, bolalarning maktabga qatnashiga hamda tez tibbiy yordam va boshqa xizmatlar yetib kelishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu munosabat bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga mazkur ko‘chaning 500 metr qismini o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.  

Aholi muammolarini hal etish — ustuvor vazifamiz!