Barcha yangiliklar
#Deputat harbiylar bilan uchrashdi
Gallery image 136135
Gallery image 136136
Gallery image 136137
Gallery image 136138
Gallery image 136139
Gallery image 136140
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
02 May 2026
12:17

#Deputat harbiylar bilan uchrashdi

                     Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati B. Bazarova tumandagi 34241-son harbiy qism harbiylari bilan bo‘lgan uchrashuvda faol ishtirok etdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jalaquduq tuman bo‘limi rahbari N.Xurxonova boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilish vatanparvarlik mavzusida bo‘lib o‘tdi. Deputat avvalo mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi, yurtimizda davlat rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Harbiy qism komandiri o‘rinbosari, mayor Eldarbek Muxiddinov hozirda 44 nafar oddiy askar oliy ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirganini, ular talabalikka qabul qilinsa, masofadan turib o‘qishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, u bu kabi hamkorlikdagi tadbirlarni davom ettirish maqsadga muvofiq bo‘lishini bildirib o‘td