Barcha yangiliklar
AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
Gallery image 136126
Gallery image 136127
Gallery image 136128
Gallery image 136129
Gallery image 136130
Gallery image 136131
Gallery image 136132
Gallery image 136133
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
02 May 2026
12:17

AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida Parkent tumanidagi 45-oilaviy poliklinikada aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida poliklinikada aholiga ambulator xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati, sanitariya holati hamda bemorlarga yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, deputat poliklinikaga tashrif buyurgan fuqarolar bilan samimiy muloqot olib borib, ularning muammo va takliflari, mavjud ehtiyojlarini tingladi. Mazkur jamoatchilik nazorati davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, murojaatlarga o‘z vaqtida yechim topish hamda tizim samaradorligini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.