Barcha yangiliklar
Mahalla “ettiligi” bilan samarali muloqot
Gallery image 136102
Gallery image 136103
Gallery image 136104
AZIMOVA NARGISA MADALIYEVNA
30 Apr 2026
00:00

Mahalla “ettiligi” bilan samarali muloqot

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Yo. Mo‘minova hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat H. Jumaboeva Pastki Kerayit mahallasining “ettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

💬 Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi va kelgusidagi rejalar muhokama etildi.

✅ “Ettilik” tashabbusi bilan:

— 1200 metr piyodalar yo‘lagi hashar yo‘li bilan barpo etildi

— 3 ta ko‘cha shag‘allashtirildi

🚧 Bundan tashqari, mahalla “Tashabbusli byudjet” loyihasida faol ishtirok etib, 2026 yil 1-mavsumida 3000 metr ko‘chani asfaltlashtirish loyihasi g‘olib bo‘ldi.

🤝 Bu kabi sa’y-harakatlar mahalla obodligi va aholi farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.