Barcha yangiliklar
SAVRAK MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI
Gallery image 136073
Gallery image 136074
Gallery image 136075
Gallery image 136076
Gallery image 136077
AZIMOVA NARGISA MADALIYEVNA
28 Apr 2026
00:00

SAVRAK MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI

Savrak mahallasi aholisi tomonidan ko‘tarib kelinayotgan muammolardan biri — ichki ko‘chalarning nosoz holati edi. Ayniqsa, yomg‘irli kunlarda yo‘llarning yaroqsiz holga kelishi fuqarolarga jiddiy noqulaylik tug‘dirib kelayotgan edi.

Mazkur muammo Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati J. Shaxmaev tomonidan atroflicha o‘rganilib, mahalla ko‘chalarini shag‘allashtirish yuzasidan deputat so‘rovi kiritildi.

Quvonarlisi, ushbu murojaat ijobiy hal etilib, bugungi kunda Savrak mahallasida amaliy ishlar boshlab yuborildi. Hozirda hudud ko‘chalarida shag‘al yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar yakunlangach, mahalla aholisi uchun harakatlanish ancha qulaylashadi, transport qatnovi yaxshilanadi hamda turli noqulayliklar bartaraf etiladi.