Barcha yangiliklar
DEPUTAT O`RGANISHIDAGI MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI.
Gallery image 136051
Gallery image 136052
Gallery image 136053
AZIMOVA NARGISA MADALIYEVNA
27 Apr 2026
00:00

DEPUTAT O`RGANISHIDAGI MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI.

Xalq deputatlari tuman Kengashiga Zafar shaharchasi Toshkent ko‘chasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Xolmurzayev hamda kotibiyat mudiri, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Q.Bobojonov ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida tadbirkorlar va mahalliy aholi fikrlari tinglandi. Toshkent ko‘chasida o‘rnatilgan “To‘xtash taqiqlanadi” yo‘l belgisi joylashuvi bo‘yicha Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limiga murojaat qilinib, aholi e’tirozlari asoslab berildi.

Natijada deputat murojaati ijobiy hal etilib, yo‘l belgisi boshqa joyga ko‘chirildi.

Deputat nazorati — aholi va tadbirkorlar manfaatlari yo‘lida xizmat qiladi.