Barcha yangiliklar
Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 135904
Gallery image 135905
Gallery image 135906
Gallery image 135907
Gallery image 135908
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
02 May 2026
10:49

Maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.

  Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining 21-“Hamid Olimjon” saylov okrugidan saylangan Ekologiya partiyasi deputati Z.Turdibekova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.To‘ychiyev tomonidan Bekobod shahar 2-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida deputat tashabbusi bilan kitob yarmarkasi tashkil etilib, o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning badiiy va ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor
qaratildi. Shuningdek, kutubxonadagi mavjud adabiyotlar fondi tahlil qilinib, ayniqsa yangi nashr etilgan badiiy, ilmiy-ommabop hamda turli yo‘nalishlardagi adabiyotlar bilan boyitilayotgani qayd etildi. Tahlillar natijasida bugungi kunda kutubxona jami 8273 dona kitob bilan ta’minlangani alohida e’tirof etilib, ushbu boy adabiy fond o‘quvchilarning bilimini oshirish, dunyoqarashini
kengaytirish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.