Barcha yangiliklar
KUTILMAGAN TASHRIF: MIROBOD TUMAN HOKIMI VA  XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASH DEPUTATLARI 66-SONLI BOLALAR BOG‘CHASIDA NIMADAN NOROZI BO‘LDI?
Gallery image 14583
Gallery image 14584
Gallery image 14585
Gallery image 14586
Gallery image 14587
Gallery image 14588
Gallery image 14589
Gallery image 14590
Gallery image 14591
Gallery image 14592
Gallery image 14593
Gallery image 14594
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
23 Iyul 2024
11:25

KUTILMAGAN TASHRIF: MIROBOD TUMAN HOKIMI VA XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASH DEPUTATLARI 66-SONLI BOLALAR BOG‘CHASIDA NIMADAN NOROZI BO‘LDI?

Mirobod tuman hokimi va xalq deputatlari tuman Kengash deputatlari bilan birgalikda “Tolariq” mahallasida olib borgan o‘rganish davomida kutilmaganda №66 davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga kirib bordi va u yerdagi holatni shaxsan ko‘zdan kechirdi.

Hokim kirishi bilan ta’lim xonalarining biriga derazadan mo‘ralab, bolalar qurshovida o‘tirgan bog‘cha opasining qo‘lida telefonni ko‘rib, ish vaqti bolalar bilan shug‘ullanish kerakligini aytib, tanbeh berdi.

So‘ngra to‘g‘ri oshxonaga yo‘l oldi.

Bolalarga nonushta tayyorlanishi jarayoni ustidan chiqqan hokim, sanitariya normalari talablariga rioya qilinishi holatidan qoniqmaganini aytdi.

Oshxonadagi mahsulotlarning sifati va yaroqlilik muddatini o‘rgandi, bolalar taomnomasi bilan tanishdi.