Barcha yangiliklar
Mahalla yettiligi faoliyati muhokama qilindi
Gallery image 135882
Gallery image 135883
Gallery image 135884
Gallery image 135885
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
02 May 2026
10:41

Mahalla yettiligi faoliyati muhokama qilindi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Utemuratova Sapargul, shuningdek Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari Matirzayev Shuxrat va Urazbayev Mansur hamkorlikda “Boyovul” MFYda bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini atroflicha o‘rgandilar.

Uchrashuv davomida mahalla yettiligi a’zolarining vazifalari, olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Ayniqsa, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bilan ishlash hamda hududni obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Bildirilgan masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.