Barcha yangiliklar
Deputat e’tiborida — Amudaryo tuman muzeyi faoliyati
Gallery image 135873
Gallery image 135874
Gallery image 135875
Gallery image 135876
Gallery image 135877
Gallery image 135878
Gallery image 135879
DARMONOV ZOYIR BAHODIR O‘G‘LI
01 May 2026
10:39

Deputat e’tiborida — Amudaryo tuman muzeyi faoliyati

🏛 Haftalik ish rejasiga muvofiq “Milliy tiklanish” partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Jumamuratova Sayyora tuman muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

🔍 O‘rganish davomida muzeyning bugungi holati, mavjud sharoitlar, eksponatlarning saqlanish darajasi hamda tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, soha xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. 

💬 Deputat tomonidan muzey faoliyatini yanada rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda aholining, ayniqsa yoshlarning tarixiy merosga qiziqishini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Bu kabi o‘rganishlar hududlarda madaniy-ma’rifiy maskanlar faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.