Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq, Chilonzor MFY hududidagi Tinchlik ko‘chasida manzarali daraxtlarni sug‘orish uchun suv tarmog‘ini tortish ishlari belgilangan edi.
Gallery image 135830
Gallery image 135831
Gallery image 135832
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
02 May 2026
09:30

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq, Chilonzor MFY hududidagi Tinchlik ko‘chasida manzarali daraxtlarni sug‘orish uchun suv tarmog‘ini tortish ishlari belgilangan edi.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan shahar Kengashi deputatlari M.Abdurahmonova va E.Yunusov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida hududda bajarilgan qurilish-montaj ishlari bevosita joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilar tomonidan amalga oshirilgan ishlarning sifati, suv tarmog‘ining texnik holati hamda uning amaliy samaradorligi atroflicha tahlil qilindi. Natijada, belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlangani, suv tarmog‘i orqali manzarali daraxtlarni sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.