Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 14568
Gallery image 14569
Gallery image 14570
Gallery image 14571
Gallery image 14572
Gallery image 14573
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
02 Avg 2024
11:07

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining navbatdagi oltmish yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari hamda siyosiy partiyalar vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash, tuman saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish, Boyovut tumani Adliya boʻlimi boshligʻining 2024-yilning I- va II-choragi yakuni boʻyicha tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati yuzasidan axboroti tinglandi.

 Kun tartibidagi masala yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida yakunda xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.