Barcha yangiliklar
MIROBOD TUMANIDAGI MAHALLALARNI ZAMONAVIYLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Gallery image 14563
Gallery image 14564
Gallery image 14565
Gallery image 14566
Gallery image 14567
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
31 Iyul 2024
11:03

MIROBOD TUMANIDAGI MAHALLALARNI ZAMONAVIYLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov va Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari, tumanimizning to‘rtinchi sektor hududiga kiruvchi “Tolariq” mahallasida bo‘lib, o‘rganish ishlarini olib bordi.

Mahalla “yettiligi”, kommunal xizmatlar rahbarlari, quruvchilar bilan muloqot davomida hokim mahalla “Obod mahalla” davlat dasturi asosida obod va ko‘rkam manzilga aylantirilishini ma’lum qildi.

Amalga oshiriladigan ishlar mahallada yashovchi aholi hayotini sifat jihatdan bir bosqichga ko‘tarishi, mahallaning tashqi ko‘rinishi, ijtimoiy infratuzilmalar holati zamonaviy, qulay ko‘rinishga keltirilishi, ishlar sifatli bajarilishi lozim, deya ta’kidladi Mirobod hokimi.