Barcha yangiliklar
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
Gallery image 135696
Gallery image 135697
Gallery image 135698
Gallery image 135699
NOSIROV OXUNJON ASLIDDIN O‘G‘LI
01 May 2026
18:59

Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi

Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi

«Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Ushbu islohotlar dori vositalari bozorini tartibga solish va aholi salomatligini himoya qilishni yangi bosqichga olib chiqadi.

Sifat nazorati: Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatlashtirish jarayonlari yanada takomillashtirildi.

Narx siyosati: Dori vositalarining ulgurji va chakana savdosida narxlarni asossiz oshirishga qarshi choralar kuchaytirildi.

Litsenziyalash: Farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish uchun qo‘yiladigan talablar zamonaviy standartlarga (GMP, GPP) moslashtirildi.

Mas'uliyat: Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari muomalasi uchun javobgarlik choralari aniqlashtirildi.