Barcha yangiliklar
BOLALAR XAVFSIZLIGI — DOIMIY E’TIBORDA!
Gallery image 135677
Gallery image 135678
JUMANIYAZOV RAVSHANBEK RAXIMBERGAN O‘G‘LI
01 May 2026
18:42

BOLALAR XAVFSIZLIGI — DOIMIY E’TIBORDA!

Maktabgacha ta’lim muassasasi nafaqat bilim maskani, balki bolalar uchun eng xavfsiz makon bo‘lishi shart. Shu maqsadda Urganch shahar Kengashi kotibiyati mudiri P.Ro‘ziboyev va hududdan saylanga deputat M.Jumaniyazovalar tomonidan shahardagi 3-sonli MTTda bo‘lib, muassasaning bugungi holatini o‘rgandi. 

Olib borilgan monitoring jarayonida xonalarning tozaligi va bolalarning sog‘lom ulg‘ayishi uchun yaratilgan muhit tahlil qilindi. Shu bilan birga, binoning texnik holati va xavfsizlik qoidalariga mosligi yuzasidan ma’muriyatning axboroti tinglandi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, ayrim muammoli masalalarga yechim topish va soha mutaxassislarining xulosasini olish uchun shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga deputatlik so‘rovi chiqarishga qaror qilindi. Farzandlarimiz taqdiri va xavfsizligi deputatlarning doimiy nazoratida qoladi.