Barcha yangiliklar







ERKINOV JAXONGIR AKTAMXON O‘G‘LI
01 Avg 2024
21:30
"Gender tenglik" mavzusida seminar boʻlib oʻtdi
Bugun tumanimizning Mustaqillik
mahallasida joylashgan "Sabr" Respublika ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish markazi va Oqdaryo tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo'limi
hamkorligida "Gender tenglik" mavzusida mahalla “Yettiligi” va xotin-qizlar
ishtirokida seminar-trening oʻtkazildi.
Seminarni Xalq deputatlari tuman
Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova hamda Oila va xotin-qizlar boʻlimi
boshligʻi Y.Oʻroqova olib bordi. Tadbir davomida mavzuga doir muhim ma’lumotlar
ishtirokchilarga qiziqarli interfaol uslub va intellektual o‘yinlar orqali
tushuntirib berildi. Trening
ishtirokchilari "Gender tenglik" borasida zaruriy bilimlarga ega
boʻlib, kelgusida ham shu kabi tadbirlarni koʻproq oʻtkazish taklifini
bildirdilar.