Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatidan.
Gallery image 135573
Gallery image 135574
Gallery image 135575
Gallery image 135576
Gallery image 135577
Gallery image 135578
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
01 May 2026
17:12

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatidan.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Nazirov, komissiya a’zolari — deputatlar R. Xidiyatulina, Kim Marina hamda Kengash kotibiyati mudiri L. Murotovalar tomonidan Chilonzor tumanida joylashgan Davlat xizmatlari markazi va FHDYo organlarida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, yaratilgan sharoitlar hamda joriy etilgan yangiliklar bilan yaqindan tanishildi.

Davlat xizmatlari markazi rahbari J.Xolmurodov tomonidan deputatlarga markaz faoliyati, xizmatlar ko‘lami, joriy etilgan qo‘shimcha imkoniyatlar hamda aholiga yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan o‘z saylov okruglaridan kelib tushayotgan murojaatlar, taklif va savollar yuzasidan mutasaddilardan tegishli tushuntirishlar olindi. O‘rganish jarayonida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda xizmatlar ko‘lamini kengaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur o‘rganish ishlari aholi manfaatlarini ta’minlash, davlat xizmatlari tizimini yanada takomillashtirish hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor va sifatli javob berish maqsadida tashkil etildi.