Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 135441
Gallery image 135442
Gallery image 135443
Gallery image 135444
Gallery image 135445
Gallery image 135446
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
01 May 2026
16:04

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Shoanvar Shomaxmudov “Buyuk Ipak Yo‘li” mahallasi raisi bilan birgalikda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan hududdagi holat bo‘yicha navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi. 

O‘rganish jarayonidagi mahalladagi nosoz yo‘llar, hududning sanitar holati hamda tadbirkorlarning ish faoliyatidagi mavjud kamchilik va noqulayliklar tug‘dirayotgan muammolar yuzasidan bevosita tegishli bo‘lgan tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilanib, ijrosi nazorat ostiga olindi.

Shuningdek, hududdagi fuqarolarning murojaatlari eshitilib, mahalla tomonidan muammolarni belgilangan qonun doirasida hamkorlikda ko‘rib chiqish yuzasidan tushuntirishlar berildi.