Barcha yangiliklar
“Toshkent” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Gallery image 135404
Gallery image 135405
Gallery image 135406
Gallery image 135407
Gallery image 135408
Gallery image 135409
Gallery image 135410
Gallery image 135411
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
01 May 2026
15:49

“Toshkent” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N. Karimova, Paxtakor tuman Kengashi deputatlari Sh. Suvonqulov va K.Mamanova, shuningdek, xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi hamda yoshlar maslahat guruhi a’zolari “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarorining Paxtakor tumanidagi “Toshkent” mahalla fuqarolar yig‘inida ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib bordilar.

Shuningdek, ishchi guruh “Toshkent” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, fuqarolarning muammo va takliflarini tingladi. Uchrashuv davomida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.