Barcha yangiliklar
DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI
Gallery image 135377
Gallery image 135378
Gallery image 135379
Gallery image 135380
Gallery image 135381
Gallery image 135382
Gallery image 135383
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
01 May 2026
15:43

DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad—aholining muammolarini bevosita o‘rganish, ularni qiynayotgan dolzarb masalalarni aniqlash va joylarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar belgilashdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy, kommunal xizmatlar, infratuzilma, bandlik va boshqa yo‘nalishlarga oid bir qator masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat atroflicha muhokama qilinib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Ko‘tarilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborishga kelishib olindi. 

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati