Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 135314
Gallery image 135315
Gallery image 135316
Gallery image 135317
Gallery image 135318
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
01 May 2026
15:13

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 🌿 Sherobod tumanida tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan fermer xo‘jaligi faoliyati o‘rganildi

Sherobod tuman hokimi o‘rinbosari Ch. Rahmonov, Xalq deputatlari Sherobod tumani 9-G‘o‘rin-Xakimobod saylov okrugi deputati Y. Shoymanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov “G‘o‘rin-Gilambob” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdilar.

Tashrif davomida fermer xo‘jaligida joriy etilgan tomchilatib sug‘orish tizimining samaradorligi, suv resurslaridan oqilona foydalanish holati hamda ekinlar hosildorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar tomonidan ushbu zamonaviy sug‘orish usulining afzalliklari, resurslarni tejashdagi o‘rni hamda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, fermer xo‘jaligi faoliyatini yanada kengaytirish va ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.