Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 135287
Gallery image 135288
Gallery image 135289
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
01 May 2026
14:59

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S.Eshonqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov ishtirokida “Uzunsoy” mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat saylovchilarning murojaatlari va takliflarini tingladi hamda kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar va tashabbuslar haqida ma’lumot berdi.

Saylovchilar o‘z navbatida mavjud muammolar va takliflarini bevosita deputatga yetkazib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Uchrashuv samimiy va ochiq ruhda o‘tib, aholining ehtiyoj va talablarini inobatga olgan holda kelgusida hamkorlik qilishga kelishib olindi.