Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi 96-sessiyasi bo'lib o'tdi.
Gallery image 14485
Gallery image 14486
Gallery image 14487
Gallery image 14488
Gallery image 14489
Gallery image 14490
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
01 Avg 2024
11:46

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi 96-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Dastlab, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha Toshkent viloyati hududida bir mandatli saylov okruglarini tuzish toʻgʻrisida Markaziy saylov komissiyasiga taqdimnoma kiritish borasidagi masala koʻrib chiqildi.  

Shundan soʻng, 2025–2027-yillarda Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq va Yangiyoʻl tumalarini barqaror rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash, 2024–2025-yillarda Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha qilinadigan ishlar muhokama qilindi. 

Bundan tashqari, mablagʻ taqsimlash, mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalaridan foydalanish, shuningdek, joriy yilning 6 oyi davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.